NoScript

Maxfiylik siyosati

FOYDALANISH SHARTLARI VA MAXFIYLIK SIYOSATI

1.Umumiy qoidalar

  • 1.1. Mazkur Foydalanish shartlari va maʼlumotlarning maxfiyligi Siyosati (keyingi o‘rinlarda - Siyosat) www.jobo.uz veb-sayti va mobil ilovalarida hamda bu saytning mulkdori bo‘lgan “INFORABOTA” MCHJ (STIR 309389964, manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Janggoh mavzesi 2-uy) (keyingi o‘rinlarda – Sayt maʼmuriyati) ning har qanday boshqa dasturlari, mahsulotlari, shu jumladan, CALL-CENTER, xizmatlari (keyingi o‘rinlarda - Xizmatlar) dan foydalanishi vaqtida jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda - Foydalanuvchi) tomonidan foydalanganda olinishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarga nisbatan amal qiladi.
  • 1.2. Saytdan foydalanish uchun Ariza beruvchi saytda ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda tegishli tugmani bosish orqali Sayt maqsadlarida samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan 2.2. bandda keltirilgan shaxsga doir maʼlumotlarini veb-saytga joylashtirishga va qayta ishlanishiga, Saytga kirishda foydalanadigan brauzer sozlamalarida, shuningdek qurilma sozlamalari orqali cookiye fayllardan foydalanilishiga rozi bo‘ladi, ushbu shartlarga rozi bo‘lib, ularda ko‘rsatilgan saytdan foydalanish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
    Shuningdek Sayt maʼmuriyati tomonidan rezyumeda ko‘rsatilgan barcha shaxsga doir maʼlumotlar bilan quyidagi harakatlarni amalga oshirishga roziligini bildiradi: yig‘ish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tahrirlash (yangilash yoki o‘zgartirish, shu jumladan avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalarda), shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, yo‘q qilish, shuningdek Sayt maʼmuriyati tomonidan ushbu Siyosat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida qayta ishlash.
    CALL-CENTER ga qo‘ng‘iroq qilgan shaxslarning “Suhbatni davom ettirishingiz Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatiga rozilingizni bildiradi” ovozli ogohlantirishidan so‘ng suhbatni davom ettirishi ularning mazkur qoidalar bo‘yicha shaxsga oid maʼlumotlarini qayta ishlashiga roziligini anglatadi.
  • 1.3. Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlarini joylashtirishdan maqsad bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etish, vakansiyalarga nomzodlarni taqdim etishdir. Shaxsga doir maʼlumotlar foydalanuvchilarga yangi vakansiyalarni qidirishda va taklif qilishda; rezyume maʼlumotlarini yangi vakansiyalar bilan taqqoslash, eng munosib ish yoki nomzod topishga yordam beradi. Sayt maʼmuriyati foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlarini saytda tegishli ro‘yxatdan o‘tish tartibidan o‘tgan potensial ish beruvchilarga tarqatish huquqiga ega. Shu bilan birga, Sayt maʼmuriyati foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari bilan tanishish huquqiga ega bo‘lgan ish beruvchi kompaniyalarning harakatlari uchun javobgar emas.
  • 1.4. Foydalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlarining tovar va xizmat ko‘rsatish belgisidan Sayt maʼmuriyati tomonidan mazkur sayt maqsadlarida foydalanilishiga roziligini beradi.

2. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash tamoyillari tarkibi

  • 2.1. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
    - shaxsiy maʼlumotlarni faqat qonuniy asosda qayta ishlanadi;
    - qayta ishlashning belgilangan maqsadi uchun zarur va yetarli bo‘lgan shaxsga doir maʼlumotlar to‘planadi;
    - muayyan, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishilgandan so‘ng shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash cheklanadi;
    - shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun yoki maqsadlarga erishish zarurati yoki ahamiyati yo‘qolgan taqdirda (agar maʼlumot obekti bilan tuzilgan shartnomada yoki boshqa shartnomada yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) yo‘q qilishni amalga oshiriladi.
  • 2.2. Foydalanuvchilarning Sayt maʼmuriyati tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibi quydagilardan iborat:
    - ismi, familiyasi va otasining ismi;
    - tug‘ilgan yili va joyi;
    - jinsi, millati;
    - maʼlumoti;
    - ro‘yxat davom ettirilishi mumkin.
    - yuridik shaxslarning tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari (brendlari).

3. Mazkur Siyosatga rozi bo‘lgan foydalanuvchi quyidagi harakatlarni bajarmaslik majburiyatini oladi:

  • 3.1. Veb-sayt orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnoalarga zid bo‘lgan materiallarni (maʼlumotlarni) joylashtirish, tarqatish, saqlash, yuklash va/yoki yo‘q qilish, shu jumladan: diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini o‘z ichiga olgan materiallar, fuqarolarni qo‘poruvchilikka daʼvat etadigan yoki aholi o‘rtasida vahima yaratishga qaratilgan, zo‘ravonlik va shafqatsizlikka targ‘ib qiluvchi materiallar, pornografik materiallar tarqatmaslik.
  • 3.2. Tahdidli, haqoratli, bo‘hton, bila turib yolg‘on, qo‘pol, odobsiz, saytning boshqa foydalanuvchilariga zarar keltiradigan, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzadigan noqonuniy axborotlarni saytga joylash yoki sayt orqali uzatmaslik.
  • 3.3. Sayt mavzusiga aloqador bo‘lmagan reklama, tijorat yoki tashviqot xabarlari yoki biriktirilgan fayllarni o‘z ichiga olgan maʼlumotlarni saytga istalgan shaklda joylashtirmaslik, bunday joylashtirish Sayt maʼmuriyati bilan kelishilgan hollar bundan mustasno.
  • 3.4. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan saytdan foydalanishga xalaqit berish, kompyuter viruslari tarqalishi, maʼlumotlarning buzilishi, doimiy ravishda takrorlanadigan maʼlumotlarni tarqatish, bir vaqtning o‘zida sayt serverini qasddan o‘chirib qo‘yish uchun ko‘plab elektron pochta xabarlari va/yoki so‘rovlarni yuborish orqali. Saytdan normal maqsadli foydalanishdan tashqariga chiqadigan, qasddan yoki beixtiyor uning ishlashida nosozliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish.

4. Foydalanuvchilar maʼlumotlarining maxfiyligi

  • 4.1. Sayt maʼmuriyati boshqaruv va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan zarur huquqiy, texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  • 4.2. Shaxsga doir maʼlumotlarni ishlov berish va himoya qilish bo‘yicha ichki hujjatlarni qabul qiladi, axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanadi va axborot xavfsizligi darajasini taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
  • 4.3. Shaxsga doir maʼlumotlarga bevosita ishlov berish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish talablari, ichki tartib qoidalar bilan tanishtiradi.

5. Sayt maʼmuriyatining huquqlari

  • 5.1. O‘zbekiston Respubikasining shaxsga doir maʼlumotlar qonunchiligi talablariga muvofiq davlat organlari va boshqa vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra shaxsga doir maʼlumotlarni taqdim qiladi.
  • 5.2.O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlarini foydalanuvchilarning roziligisiz qayta ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga ularning so‘roviga ko‘ra ishlov berilgan shaxsga doir maʼlumotlarni taqdim etadi. Foydalanuvchiga shaxsga doir maʼlumotlarini veb-sayt orqali yoki o‘zlarining texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali tahrirlash va o‘chirish imkoniyatini taqdim etadi.
  • 5.3. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatadi yoki ularni yo‘q qiladi.
  • 5.4. Sayt maʼmuriyati ushbu Siyosat shartlarini bir tomonlama qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish huquqiga ega, ular kuchga kirishidan kamida 3 kun oldin saytda bunday o‘zgarishlar to‘g‘risidagi bildirishnomalarni eʼlon qiladi. Foydalanuvchi bunday o‘zgarishlarni muntazam ravishda tekshirish uchun javobgardir. O‘zgarishlar kuchga kirgandan keyin saytdan foydalanishni davom ettirishi Foydalanuvchining ularga roziligi sifatida qabul qilinadi.