NoScript

Vakansiya tafsilotlari

Glamour Cosmetics

Moliya menejeri

Glamour Cosmetics

Maosh

11 mln - 13 mln / So‘m

Bandlik turi

To‘liq ish

Hudud

Toshkent sh.

Talab qilinadigan ish tajriba:

kamida 1 yil

Talab qilinadigan tillar

Kiritilmagan

Ish vaqti

9:00 – 18:00, Dushanba-Juma

Jadallik bilan rivojlanib borayotgan «Glamour Cosmetics» Moliya menejerini o'z jamoasiga taklif qiladi.

Vazifalar:

  • Byudjetlar ijrosini nazorat qilish, chetlanishlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • Kompaniya pul oqimlari va hisob raqamlaridagi harakatlarni monitoring qilish va tahlil qilish.
  • To‘lovlar va kontragentlar bilan hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish.
  • Kompaniya tomonidan tasdiqlangan oylik byudjetga muvofiq to‘lovlarni tasdiqlash;
  • Haftalik / oylik Cash Flow rejalashtirish, kassadagi uzilishlarni, hamkorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish;
  • Buxgalteriya bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlarini optimallashtirish;
  • Ichki moliyaviy nazorat tartiblarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish.
  • Kompaniya xarajatlarini tahlil qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Hisobotlarni shakllantirishda ishtirok etish (pul oqimlari to‘g‘risida, daromad va xarajatlar to‘g‘risida, boshqaruv balansi);
  • Davriy va bir martalik boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va ularda ishtirok etish;
  • Hisob-kitob va auditga tayyorgarlik / o‘tkazishda nazorat tartiblarida ishtirok etish;
  • Biznesning iqtisodiy samaradorligi va rivojlanishiga doir boshqa topshiriqlarni bajarish.

Talablar:

  • Oliy moliya-iqtisodiy ma’lumot;
  • Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MSFO) va O‘zbekiston soliq qonunchiligini bilish;
  • FA (Financial Accounting) sertifikatiga ega bo‘lish – afzal;
  • Moliyaviy menejer sifatida kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Ishlab chiqarish va distribyutsiya kompaniyalarida, FMCG sektorida ishlash tajribasi – afzal;
  • Asosiy boshqaruv hisobotlari, moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash tajribasi (majburiy);
  • MS Excel dasturida ilg‘or darajada ishlash ko‘nikmasi (majburiy);
  • 1C, Smart Up dasturlarida ishlashni bilish (majburiy);
  • BI dasturlarida ishlash tajribasi: Power BI yoki o‘xshashlari;
  • Tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;
  • Strategik fikrlash va moliyaviy natijalarni prognoz qila olish qobiliyati;
  • Yuqori mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Yuqori bosim ostida ishlash qobiliyati va mas’uliyatlilik.

Taklifimiz:

  • Ish jadvali: 5/2, 09:30 – 18:30;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bo‘yicha rasmiy bandlik;
  • Yirik distribyutorlik kompaniyasida ish;
  • Korporativ o‘qitish va martaba rivoji;
  • Korporativ tushlik;
  • Qiziqarli loyihalar.


«Glamour Cosmetics» kompaniyamizning katta jamoasiga qo'shiling!

Batafsil:

+998 99 141-55-65
Favorite